Maxorat darslari
Joriy yilning 20-oktyabr kuni Yangibozor tuman 16-son Bolalar musiqa va sanat maktabida Urganch ixtisoslashtirilgan sanat maktabi tajribali o`qituvchilaridan bir guruhi tashrif buyurib,mahorat darslarini yuqori saviyada o`tkazdilar.Jumladan: musiqa nazariya fani o`qituvchisi Raximov Davron Matyaqubovich,tasviriy sanat yo`nalishi o`qituvchisi Shavkat Usmonov,qashqar rubobi yo`nalishi o`qituvchisi Yakubov Umidjon Umidovich,baxshichilik yo`nalishi o`qituvchisi Abdullayev Kopalboy Matyoqubovich,fortepiano yo`nalishi o`qituvchisi Inoyatov Jorabek Aminovichlar.Shuningdek maxorat darslaridan keyin Urganch ixtisoslashtirilgan sanat maktabi iqtidorli o`quvchilari xamda maktabimizning iqtidorli o`quvchilari tomonidan konsert dasturlari namoyish qilindi.























